Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 4-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD11 911.71▼ 29.94EUR13 319.67▼ 63.34RUB146.49▼ 1.16CNY1 785.22▼ 10.95KZT26.30▼ 0.06GBP15 974.79▼ 42.5504.11.2026 holatiga
Bozorlar

Oʻzbekistondagi aksiyalar: hafta davomida qaysi kompaniyalar qimmatlashdi va arzonlashdi

23–30 oktabr oraligʻida UCI indeksi 2,3 foizga pasaydi, 54 ta eng likvid kompaniyaning 26 tasi aksiyalari esa qimmatlashdi

4-noyabr, 15:50По-русски
Shutterstock

«Toshkent» Respublika fond birjasida 23–30 oktabr oraligʻida eng likvid aksiyalar orasida qimmatlashgan va arzonlashgan qimmatli qogʻozlar soni teng boʻldi: har ikkala guruhdan 26 tadan emitent joy oldi. Yana ikki kompaniyaning koʻrsatkichlari oʻzgarmadi. Ushbu tenglikka qaramay, bozorning jamlanma indikatori — UCI — yetti kunlik davrni pasayish bilan yakunladi: indeks 2,3 foizga tushdi.

Haftaning eng katta gʻolibi «Ipoteka-bank» boʻldi — uning aksiyalari narxi birdaniga 39,43 foizga oshdi. «Uzmetkombinat» (+23,77%) va «Kafolat» sugʻurta kompaniyasi (+22,37%) aksiyalari ham ijobiy yoʻnalishda yuqori oʻzgaruvchanlikni namoyish etdi.

Past natija koʻrsatgan kompaniyalar orasida eng katta yoʻqotish Universal Bank hissasiga toʻgʻri keldi: uning aksiyalari 37,69 foizga arzonlashdi. Undan keyingi oʻrinlarda neft-gaz sektori korxonalari — «Buxoraneftgazparmalash» va «Neft va gaz quduqlarini sinash» turibdi: ularning aksiyalari mos ravishda 25,42 foiz va 20 foizga qadrsizlandi. «Oʻzbekkoʻmir» va Kapital Sugʻurta kotirovkalari esa davrni oʻzgarishsiz yakunladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

UzNIF paketi rasmiylashtirilgan bitimlar soni boʻyicha ham (6 408 ta bitim), jami pul aylanmasi boʻyicha ham mutlaq yetakchilikni saqlab qoldi. Uning pul aylanmasi 5,78 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Operatsiyalar soni boʻyicha kuchli uchlikdan SQB (3 050 ta) va «Ipoteka-bank» (3 011 ta) ham joy oldi. Jalb qilingan mablagʻlar summasi boʻyicha reytingda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Universal Bank (2,45 mlrd soʻm) hamda «Oʻzbektelekom» (2,08 mlrd soʻm) egalladi.

RFBning asosiy savdo maydonchasidagi umumiy moliyaviy aylanma koʻrib chiqilayotgan davrda 19,30 mlrd soʻmga yetdi.

Yana oʻqing