Oʻzbekiston va CSCEC International transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini koʻrib chiqdi
30 oktabr kuni Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda CSCEC International vakillari transport infratuzilmasidagi qoʻshma tashabbuslar haqida muzokara oʻtkazdi. Unda vazirning birinchi oʻrinbosari Ilhom Norkulov va Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi ishtirok etdi.
1-noyabr, 15:00По-русски

uzdaily.uz — Министерство экономики и финансов Узбекистана
Uchrashuvda yoʻl-transport infratuzilmasini yangilash hamda Oʻzbekiston-Xitoy iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari markaziy oʻrin tutdi. Shuningdek, tomonlar transport sohasidagi loyihalar va ikki davlatning tegishli tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalar yuzasidan fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida ishtirokchilar istiqbolli tashabbuslarni tayyorlash va amalga oshirish uchun muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.



