Shanba, 31-oktabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Kompaniyalar

Kameralar ham qimmatlashadi: Canon xarajatlar oshishini xaridorlar zimmasiga yuklamoqchi

Canon xotira va boshqa komponentlar qimmatlashishini qoplash uchun 2027 yildan mahsulotlari narxini oshirishni rejalashtirmoqda.

31-oktabr, 19:05По-русски
commons.wikimedia.org — Ansgar Koreng

Kompaniya kelasi yili xarid narxlari pasayishini kutmayapti va hozircha qaysi modellar, bozorlar hamda narxlar qancha oshirilishini oshkor qilmadi.

Canon bu haqda choraklik hisobot yakunlariga bagʻishlangan savol-javob sessiyasida maʼlum qildi. Bosib chiqarish texnikasi va kameralar boʻlinmalari butlovchi qismlar taqchilligiga duch keldi, biroq kompaniya oldindan koʻrgan choralar tufayli tanqislikning ularning faoliyatiga jiddiy taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymadi. Shu bilan birga, Canon xarid xarajatlari 2027 yil davomida oshishini kutmoqda.

Kompaniya avval ham mahsulotlari narxini oʻzgartirgan, biroq xarajatlar oshishini toʻliq qoplashning uddasidan chiqilmadi. Keyingi narx tuzatishlarida Canon sotuv hajmi qisqarishi mumkinligini hisobga olmoqchi va sotuv hajmi bilan daromadlilik oʻrtasida muvozanat izlamoqda.

Kompaniya prognoziga koʻra, toʻrtinchi chorakda Imaging yoʻnalishining operatsion rentabelligi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada pasayadi. Bu koʻrsatkichga xotiraning qimmatlashishi, Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab xarajatlarning oshishi va bir yil avval tarmoq kameralarining kuchli savdosi shakllantirgan yuqori taqqoslash bazasi taʼsir qiladi. Komponentlar taqchilligi sabab Canon ixcham kameralar savdosi boʻyicha rejasini ham pasaytirdi, biroq muammoni vaqtinchalik deb hisoblamoqda va vaziyat asta-sekin yaxshilanishini kutmoqda.

Yana oʻqing