Dushanba, 2-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Vashingtonda G20 yakunlari boʻyicha energiya resurslarining uzluksiz yetkazib berilishi muhimligi taʼkidlandi

AQSh rasmiylari G20 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlari boʻyicha davlatlar foydalaniladigan energiya manbalarini mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega ekanini bildirdi. Bayonotda, shuningdek, jahon iqtisodiyoti va energetik xavfsizligi uchun ishonchli hamda uzluksiz energiya resurslari yetkazib berish muhim ekani qayd etildi.

2-noyabr, 17:11По-русски

AQSh Davlat departamentida turli mamlakatlarning ehtiyojlari turli energiya manbalaridan foydalanishni talab qiladi, shu bois ularning har biri suveren tanlov qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak, deb hisoblanadi. Ishonchli, barqaror va uzluksiz energiya resurslari oqimlari global iqtisodiy barqarorlik hamda energetik xavfsizlik uchun muhim ekani taʼkidlandi.

Bayonotda, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosidan iqtisodiy yoki siyosiy majburlash vositasi sifatida foydalanmaslik kerakligi aytiladi.

Yana oʻqing