Namangan viloyati Gamma Meccanica bilan $105 mlnlik kelishuv tuzdi
Belgilangan yoʻnalishlar qatorida sanoat loyihalari, plastik chiqindilarni qayta ishlash va energiya tejovchi texnologiyalarni qoʻllash bor.
2-noyabr, 12:57По-русски

uzdaily.uz — Пресс-служба Наманганского областного хокимията
Investitsiyaga oid hujjat Italiyaga amalga oshirilgan ishchi tashrif chogʻida rasmiylashtirildi. Muzokaralardan avval Gamma Meccanica rahbariyati Namangan viloyati delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga hokim Shavkatjon Abdurazzoqov boshchilik qildi.
Kompaniya mineral paxta va XPS panellarini ishlab chiqarish, shuningdek, plastik chiqindilarni qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqaradi. Kompaniya prezidenti Andrea Burini bilan uchrashuvda ishtirokchilar viloyat sanoatini rivojlantirish va Gamma Meccanica texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar.



