Oʻzbekistonda oktabr oyida 7 mlrd 230,2 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
Bu 2025-yil oktabridagi koʻrsatkichdan 7,2 foiz koʻp
2-noyabr, 13:34По-русски

commons.wikimedia.org — Ziegler175
2026-yil oktabr oyida mamlakatda 7 mlrd 230,2 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Asosiy hajm issiqlik elektr stansiyalariga toʻgʻri keldi — 5 mlrd 449,2 mln kVt·soat.
Gidroelektr stansiyalari va quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarish hajmi oshgani qayd etildi. Shamol elektr stansiyalarida esa ishlab chiqarish 2025-yil oktabriga nisbatan kamaydi.



