Goldman Sachs treyder va bankirlarga AI dasturlash vositalaridan foydalanishni taqiqladi
Goldman Sachs xodimlarning aksariyatiga AI vositalari, jumladan Claude Code va GitHubʼdan foydalanishni chekladi; ulardan faqat muhandislar foydalanishi mumkin.

Goldman Sachsning 2026-yil oktabr oyidagi ichki koʻrsatmalari Anthropic kompaniyasining Claude Code va Microsoft kompaniyasining GitHub xizmatlariga kirishni chekladi. Avval treyderlar va bankirlar bu vositalardan savdo oqimlarini kuzatish va kontent yaratishda foydalangan.
Bu qaror ishida AIʼdan foydalanib kelgan xodimlarning noroziligiga sabab boʻldi. Iyul oyida Goldman Sachsning axborot texnologiyalari boʻyicha direktori Marko Arjenti AIʼga berilgan matnli soʻrovlar yordamida dasturlar yaratishni ijobiy baholagan va treyding hamda aktivlarni boshqarish boʻlimlari xodimlarini misol qilib keltirgan. Uning aytishicha, ular prototiplar tayyorlab, ularni muhandislarga topshirishlari mumkin edi.
Goldman Sachs vakili Nik Karraterra siyosat qayta koʻrib chiqilganini unumdorlik va xatarlarni boshqarish bilan izohladi. Uning soʻzlariga koʻra, tajriba bosqichi yakunlangan, bunday vositalardan uzoq muddat foydalanishga eng mos xodimlarning ularga kirish huquqi esa saqlab qolinadi.






