Palantir daromadi 96 foizga oshib, 2,3 mlrd dollarga yetdi
Palantir III chorakda daromadi 96 foizga oshib, 2,3 mlrd dollarga yetganini maʼlum qildi va yillik prognozini oshirdi. Hisobotdan soʻng aksiyalar avval oʻsdi, keyin 3,6 foizga pasaydi.

III chorakda Palantir Technologies daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 96 foizga oshib, 2,3 mlrd dollarga yetdi. Kompaniya toʻliq yil uchun daromad prognozini 8,53–8,534 mlrd dollar diapazonigacha oshirdi.
Palantirning AQShdagi tijoriy daromadi ilk bor amerikalik davlat buyurtmachilaridan tushgan mablagʻdan oshdi. Kompaniya bu koʻrsatkichni biznesning sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy taʼminot uchun pul toʻlashga tayyorligining belgilaridan biri deb hisoblaydi.
Natijalar eʼlon qilinganidan soʻng aksiyalar birjadan tashqari savdolarda qariyb 1,5 foizga qimmatlashdi, biroq keyin pasaya boshladi. Palantir hisoboti investorlar texnologiya kompaniyalarining sunʼiy intellektga sarflayotgan xarajatlari ushbu investitsiyalardan olinadigan samaradan tezroq oʻsayotganidan xavotir bildirayotgan bir paytda eʼlon qilindi.



