Oʻzbekiston yoshlar startaplariga davlat koʻmagini kengaytirdi
Vazirlar Mahkamasi yoshlar biznes loyihalarini moliyalashtirish tartibini yangiladi (30 oktabrdagi 598-son qaror). Mablagʻlarni Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi ajratadi.

Jamgʻarma startaplar xarajatlarining 50 foizigacha qoplaydi. Mentorlar va ekspertlar uchun 100 mln soʻmgacha, taʼlim va akseleratsiya dasturlari uchun 20 ming dollargacha, texnoparklar hamda oliy taʼlim muassasalarining R&D markazlaridagi prototiplar uchun 50 ming dollargacha mablagʻ olish mumkin. Patentlashtirish xarajatlari alohida qoplanadi.
Har yili 20 tagacha loyiha startap-studiyalar va akseleratorlar tashkil etish uchun 5 mlrd soʻmgacha foizsiz kredit olishi mumkin. Kredit muddati besh yilgacha boʻladi. Mablagʻlarni markaz faoliyatiga sarflash mumkin, biroq startaplarga investitsiya kiritish uchun emas.
Shuningdek, Markaziy bank stavkasiga 4 foiz bandi qoʻshilgan stavkada, yetti yilgacha muddatga 5 mlrd soʻmgacha bank kreditlari ham ajratiladi.