Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 5-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD11 935.37▲ 23.66EUR13 432.07▲ 112.40RUB145.58▼ 0.91CNY1 788.85▲ 3.63KZT26.40▲ 0.10GBP16 093.65▲ 118.8605.11.2026 holatiga
Kompaniyalar

Binance: xakerlar kriptodagi 6,3 mlrd dollarni soxta suhbatlar orqali oʻgʻirladi

Binance 29-oktabrda 6,3 mlrd dollarlik kriptovalyuta oʻgʻirlangan hujum tafsilotlarini oshkor qildi. Usullardan biri soxta ish suhbatlari boʻlgan.

4-noyabr, 11:11По-русски

Binanceʼning dastlabki hisobotiga koʻra, 6,3 mlrd dollarlik oʻgʻirlikdan oldingi hujum iyun oyida boshlangan: hamyonlar infratuzilmasi jamoasi muhandisi dasturlash uchun moʻljallangan sunʼiy intellekt vositasining oʻzgartirilgan versiyasini yuklab olgan. Muammo aniqlangach, kompaniya qurilmani almashtirdi va unga bogʻliq hisob maʼlumotlarini yangiladi, biroq jamoa xodimlarining lavozimlari hujumchilarga maʼlum boʻlib qoldi.

Sentabr oyida Binance muhandisiga ish qidirish platformasida oʻzini loyiha direktori deb tanishtirgan kishi xabar yubordi. Keyin unga kadrlar boʻlimi xodimi bilan videointervyu va mavjud boʻlmagan kompaniyaning «bosh direktori» bilan suhbat taklif qilindi. Ikkinchi bosqichda muhandisdan ish kompyuteriga zararli kod joylashtirilgan test topshirigʻini yuklab olish soʻraldi.

20-oktabrda hujumchilar muhandisning buzib kirilgan kompyuteri va ichki sunʼiy intellekt vositasidan foydalanib, hamyonlar jamoasidagi boshqa xodimlarning tizimlari ustidan nazoratni qoʻlga kiritdi. Binance bosh direktori Richard Teng hujumni bir necha oy davom etgan kampaniya deb atadi. AQSh Federal qidiruv byurosi oʻgʻirlikni KXDRlik xakerlar bilan bogʻlagan, biroq KXDR bunga aloqadorligini rad etmoqda. Binance kiberxavfsizlik boʻyicha tashqi mutaxassislarni jalb qilmoqda va tahdidlarni aniqlashga moʻljallangan sunʼiy intellekt tizimlariga investitsiyalarni oshirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing