Yandex Go Oʻzbekistonda Market vitrinasini yopadi
Yandex Go Oʻzbekistonda Market vitrinasining faoliyatini toʻxtatib, «Doʻkonlar» va Lavka xizmatlari orqali ekspress yetkazib berishni rivojlantirishga eʼtibor qaratadi.
5-noyabr, 18:51По-русски

Marketʼda buyurtmalarni qabul qilish 10-noyabrda toʻxtatiladi. Avval rasmiylashtirilgan barcha xaridlar mijozlarga yetkazib beriladi.
Yandex Go ilovasi orqali mahsulotlarga buyurtma berish imkoniyati saqlanib qoladi. Foydalanuvchilarga 15 daqiqadan boshlab yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari, elektronika, kosmetika va uy-roʻzgʻor buyumlari taqdim etiladi.
Market hamkorlariga «Doʻkonlar» va Lavka orqali platforma bilan hamkorlikni davom ettirish taklif qilinadi. Kompaniya tovarlarni tez yetkazib berishga tayanmoqda.






