Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 5-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD11 935.37▲ 23.66EUR13 432.07▲ 112.40RUB145.58▼ 0.91CNY1 788.85▲ 3.63KZT26.40▲ 0.10GBP16 093.65▲ 118.8605.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda kambagʻallik toʻrt yil ichida qariyb uch baravar qisqardi

Jahon banki bahosiga koʻra, 2021–2025-yillarda Oʻzbekistonda kambagʻallikning milliy darajasi 17 foizdan 5,8 foizgacha pasaygan.

5-noyabr, 19:50По-русски

Bu davrda qariyb 3,7 mln kishi kambagʻallikdan chiqdi. Bandlik vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2026-yilning dastlabki toʻqqiz oyida bu koʻrsatkich 3,6 foizgacha tushgan. Bank bu natijani 2000-yildan buyon dunyoda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha qayd etilgan 15 ta eng yirik holat qatoriga kiritadi.

Buning asosiy sabablari ish haqlarining oshishi va yangi ish oʻrinlarining yaratilishi boʻldi. Oʻrta sinf ulushi 37 foizdan 72 foizdan oshiq darajaga koʻtarildi. Biroq aholining 22 foizi hanuz zaif qatlamga mansub, kambagʻal mehnat qilayotganlarning qariyb 60 foizi esa norasmiy sektorda band.

Ayni paytda hukumat biznesni qoʻllab-quvvatlash yondashuvini oʻzgartirmoqda: oʻtgan yili hududlarda ochilgan 86 mingta kichik korxonaning 15 mingtasi allaqachon yopilgan. Endilikda davlat koʻmagini berilgan kreditlar hajmiga emas, yaratilgan doimiy ish oʻrinlari soniga qarab baholash rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing