Seshanba, 3-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
MB kurslariUSD11 941.65▼ 81.81EUR13 383.01▼ 78.46RUB147.65▼ 1.79CNY1 796.17▼ 11.16KZT26.36▼ 0.13GBP16 017.34▼ 128.9603.11.2026 holatiga
Kompaniyalar

Ford haydovchilar maʼlumotlarini brokerlarga sotmaslikka vaʼda berdi

Ford mijozlarning safarlari haqidagi maʼlumotlarni maʼlumot brokerlariga sotishdan rasman voz kechdi. Kompaniya toʻplangan maʼlumotlarni shaxssizlantirishga va ulardan qanday foydalanishini tushunarli tarzda izohlashga vaʼda bermoqda. Avtomobil egalari qancha maʼlumot ulashishni oʻzlari tanlashi mumkin boʻladi.

3-noyabr, 18:00По-русски
commons.wikimedia.org — Dave Parker

«Ishonchni qozonish kerak», — dedi Ford kompaniyasining maxfiylik boʻyicha direktori Kristin Jones.

Bu vaʼda General Motors haydovchilar maʼlumotlari va ularning geolokatsiyasini noqonuniy sotish haqidagi daʼvolarni hal qilish uchun 220 mln dollar toʻlashga rozi boʻlganidan koʻp oʻtmay yangradi. Muammo butun sohaga taalluqli: Mozilla jamgʻarmasi ulangan avtomobillarni maxfiylik nuqtayi nazaridan mahsulotlarning eng yomon toifasi deb atadi. Jamgʻarma maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqaruvchilarning 84 foizi foydalanuvchilar maʼlumotlarini uchinchi tomonlarga uzatadi.

Fordning ommaviy vaʼdasi yuridik kuchga ega: agar kompaniya uni buzsa, AQSh Federal savdo komissiyasi unga jarima solishi mumkin. Shu bilan birga, Fordning maxfiylik siyosati maʼlumotlarni, masalan, politsiya va pudratchilarga uzatishga hanuz ruxsat beradi. Haydovchi maʼlumotlar toʻplanishini oʻchirsa, avtomobilda navigatsiya, masofadan ishga tushirish va havo orqali yangilash funksiyalari ishlamay qolishi mumkin.

Yana oʻqing