Shouli va Fotergill Silverback boshqaruvini yangi jamoaga topshirdi
Silverback Films asoschilari Kit Shouli va Alaster Fotergill 14 yildan soʻng studiyaning kundalik boshqaruvidan chekinadi. Ular ijrochi raislar boʻlib, yangi loyihalar bilan shugʻullanadi.

Silverback Films qayta tashkil etilgach, bosh direktor lavozimini operatsion direktor Jeyn Hemlin egallaydi. Ijrochi prodyuser Hyu Kordi ijodiy direktor, ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari Elli Solsberi esa operatsion direktor boʻladi.
Shouli va Fotergill tabiat haqidagi filmlar va seriallarni ijodiy ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga eʼtibor qaratadi. Ular Silverbackni BBC Studiosda ishlaganidan soʻng, 2012 yilda tashkil etgan. Studiya BBC, Netflix, National Geographic va Disney uchun 30 ta loyiha chiqargan. Ular orasida Devid Attenboro ishtirokidagi Netflix seriali «Bizning sayyoramiz» ham bor.
Hozir Silverback Banijayga tegishli. Banijay UK studiyaning sobiq egasi All3Media bilan birlashgach, kompaniya Banijayning Britaniya boʻlinmasi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilmoqchi. Silverbackning yaqin loyihalari qatorida premyerasi 28 dekabr kuni Netflixda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan «Dolphins: My Close Encounters» hamda kelasi yil aprelida Disney+ platformasida chiqadigan Disneynatureʼning «Wolf» filmi bor.






