Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

«Hammasi kiritilgan» xizmatini toifalash: Turkiyada all inclusive uchun besh daraja joriy etmoqchi

Toifalar xizmatlar toʻplami va sifatini hisobga olishi kerak. Sertifikatlash jarayoniga Madaniyat va turizm vazirligini jalb etish taklif qilinmoqda.

28-oktabr, 16:39По-русски

Read in English

engin akyurt / Unsplash

Turkiyalik mehmonxona egalari «hammasi kiritilgan» (all inclusive) formatini byudjetdan premiumgacha boʻlgan besh toifaga ajratishni taklif qilmoqda. Tashabbus bilan Kilit Group mehmonxonalar guruhi vakili Tolga Kilit chiqdi, deb ATOR Turizm Güncel nashriga tayanib xabar bermoqda.

Hozirda all inclusive yozuvi ortida istalgan xizmatlar toʻplami boʻlishi mumkin: bir mehmonxonada bu faqat shved stoli boʻlsa, boshqasida à la carte restoranlar, import qilingan alkogol va sutka davomida ovqatlanish xizmati mavjud. Shu sababli sayyoh oldindan aynan nima uchun pul toʻlayotganini tushunishi qiyin.

Kilit besh darajani taklif qilmoqda: Eco, Eco Plus, oʻrta, yuqori va lyuks. Ular xizmatlar toʻplami hamda servis sifati bilan farqlanadi. Mehmonxona egasining fikricha, yagona tasnif mehmonxonalarning oʻz ishini ham yengillashtiradi: uning asosida narxlar, sotuvlar va marketingni rejalashtirish qulayroq boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media