Oʻzbekiston robototexnika sohasidagi investitsiyalarni muhokama qilmoqda
Oʻzbekiston venchur fondlari va akseleratorlar bilan robototexnikaga investitsiyalar hamda texnologik startaplarni qoʻllab-quvvatlashni muhokama qildi. Muzokaralar 2026-yil 24-noyabrda oʻtdi.

Uchrashuvlarda robototexnika va startaplarga investitsiyalar muhokama qilindi; Oʻzbekistonda tashkil etilgan DOMiNO Uzbekistan Fund kapitali $20 mlnni tashkil etadi. Muzokaralar Techstars Startup Week Tashkent 2026 doirasida, iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Umid Abidhodjayev ishtirokida oʻtdi.
ScaleX Ventures asoschisi va boshqaruvchi hamkori Dilek Dayınlarlı bilan erta bosqichdagi texnologik startaplarni moliyalashtiruvchi fond bilan hamkorlik koʻrib chiqildi. Uning portfelida omborlarni avtomatlashtirish yechimlariga ega Atlas Robotics va uy yumushlari uchun robotlar yaratuvchi Weave Robotics bor.
DOMiNO Ventures boshqaruvchi hamkorlari Mustafa Köpyuk va Yagiz Karadeniz bilan fondning Markaziy Osiyodagi faoliyati muhokama qilindi. Moliyalashtirilgan mahalliy loyihalar sifatida TASS Vision va PointAi tilga olindi.
Constructor Universityʼning Bremendagi akseleratori Constructor Start bilan alohida muzokaralar oʻtkazildi. Dastur startaplarga xalqaro ekspertlardan foydalanish va $1 mln gacha mablagʻ jalb qilish imkonini beradi. Tomonlar ixtisoslashtirilgan akseleratorlarni ishga tushirish, texnologiyalar transferi, muhandislar tayyorlash hamda mahalliy robototexnika yechimlarini korxonalarda sinashni ham koʻrib chiqdi.






