Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmazni qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmazni qabul qildi. Tomonlar savdo, investitsiyalar va yangi kelishuvlarni tayyorlashni muhokama qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston–Turkiya strategik sherikligini mustahkamlash hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, IT, turizm, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Oʻzaro savdo va qoʻshma korxonalar soni oshgani qayd etildi.
Toshkentda Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar investitsiya loyihalari va savdo boʻyicha yangi kelishuvlarga erishdi. Shuningdek, tomonlar 200 dan ortiq kompaniya va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokidagi biznes-forum yakunlarini baholadi.






