AQSh Kongressi josuslikda gumon qilinayotgan ayol bilan aloqalari sabab Jensen Huangga chaqiruv qogʻozini tayyorlamoqda
Bir hafta oldin Brian Mast, John Moolenaar va Rick Crawford Huangga maktub yuborib, undan Megaspeed rahbariyatining josuslikda gumon qilinayotgan vakili Alice Huang bilan aloqalari haqida maʼlumot berishni soʻragan.
12-noyabr, 15:34По-русски

techcrunch.com
Bu haqda ikki respublikachi kongressmen Bloombergʻga maʼlum qildi.
Chorshanba kuni Vakillar palatasining Xitoy boʻyicha qoʻmitasiga rahbarlik qilayotgan Moolenaar Fox Business telekanaliga Huang soʻrovga kun oxirigacha javob berishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Huang rad etsa, unga chaqiruv qogʻozi yuborilishi mumkin. Tashqi ishlar qoʻmitasi raisi Mast esa qoʻmitasi bunday hujjatni allaqachon tayyorlayotganini bildirdi.






