Shveytsariya Usmanov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashladi
Oʻzgarishlarni Iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat kotibiyati (SECO) eʼlon qildi, ular 4-noyabrda kuchga kirdi

Forbes bahosiga koʻra, Usmanovning boyligi 14,5 milliard dollarni, Fridmanning boyligi esa 16,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Cheklovlar Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev va Redbird Corporate Services Ltd. kompaniyasiga nisbatan ham olib tashlandi. Yana uch kishi vafot etgani sababli roʻyxatdan chiqarildi. Shu bilan birga, Shveytsariya Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasi, banklari, energetika va logistika sohalari bilan bogʻliq 254 nafar yangi shaxs va tashkilotni roʻyxatga kiritdi.
Sentabr oyida Yevropa Ittifoqi shaxsiy sanksiyalarni 2029-yilgacha uzaytirdi, biroq Usmanov va Fridmanni roʻyxatda qoldirmadi. Reuters maʼlumotiga koʻra, Usmanovni roʻyxatdan chiqarishni Fransiya va Slovakiya, Fridmanni chiqarishni esa Lyuksemburg qoʻllab-quvvatlagan.






