Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Markaziy banki qarzlarni hisobdan chiqarishi va muammoli banklar omonatlarini oʻtkazishi mumkin boʻladi

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish — litsenziyani bekor qilish oʻrniga ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish qoidalarini tasdiqladi. Hujjat 17 noyabrda kuchga kirdi.

19-noyabr, 12:06По-русски

Read in English

Mexanizmlardan biri oraliq bank tashkil etish boʻladi: u muammoli bankning eng muhim funksiyalarini 12 oygacha bajarishi mumkin, zarurat tugʻilganda esa bu muddat yana bir yilga uzaytiriladi.

Sanatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, aksiyadorlar, kuzatuv kengashi va boshqaruv vakolatlari Markaziy bankka oʻtadi. Regulyator yangi rahbariyat yoki maxsus boshqaruvchini tayinlaydi hamda kreditlar va omonatlarni ham oʻz ichiga olgan aktivlar va majburiyatlarni boshqa bankka oʻtkazishi yoki sotishi mumkin. Buning uchun omonatchilarning roziligi talab qilinmaydi, yangi bank hisobvaragʻi shartnomalari esa tuzilmaydi.

Zararlar avval aksiyadorlar oʻrtasida ularning ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shundan keyin qarzlar hisobdan chiqarilishi mumkin: birinchi navbatda subordinatsiyalangan qarzlar, undan soʻng bank bilan bogʻliq shaxslar oldidagi majburiyatlar va keyin boshqa talablar. Kafolatlangan omonatlar, xodimlarning ish haqi va pensiyalari, soliqlar hamda bir qator operatsion majburiyatlar hisobdan chiqarilmaydi. Byudjetdan moliyalashtirish zarur boʻlsa, Markaziy bank bu masalani Vazirlar Mahkamasi bilan kelishishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media