Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Biznes

Mirziyoyev Parkentdagi Silver Valley majmuasini koʻzdan kechirdi

20 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi Silver Valley majmuasini koʻzdan kechirdi. Qiymati 148,5 mlrd soʻmlik loyiha toʻliq ishga tushgach, kuniga 2,7 minggacha mehmonni qabul qila oladi.

20-noyabr, 17:32По-русски

Read in English

Silver Valley loyihasining qiymati 148,5 mlrd soʻm, majmua maydoni esa 29,5 gektarni tashkil etadi. Loyihada 200 ta ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan, biroq hozir band boʻlgan ish oʻrinlari soni aniqlashtirilmagan. Majmua hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirishga oid prezidentning 2026-yil 30-apreldagi qarori doirasida amalga oshirildi.

Hududda 120 oʻrinli chalet uslubidagi 12 ta uy, mehmonlarni qabul qilish binosi va 300 oʻrinli restoran barpo etilgan. Shuningdek, umumiy sigʻimi 200 nafar tashrif buyuruvchiga moʻljallangan oʻtovlardagi 12 ta restoran, 100 oʻrinli kafe-terassa va toʻrtta spa-majmua tashkil etilgan. Dam oluvchilar uchun sayr xiyoboni, vorkaut zonalari, zipline, tyubing, yozgi kinoteatr va oʻnta attraksiondan iborat koʻngilochar maydon yaratilgan.

Koʻzdan kechirish chogʻida Mirziyoyev bajarilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. U mahalliy mahsulotlardan foydalanish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda boshqa togʻli hududlarda shunga oʻxshash obyektlarni rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Tashrif yakunida xizmatlar roʻyxatini kengaytirish, sayyohlarning qolish muddatini uzaytirish va infratuzilmadan samaraliroq foydalanish tavsiya etildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media