“U yolgʻon gapirdi, bu bir yil davom etdi”: Huangning Nvidiaʼdan boʻshatilishiga sabab aniqlandi
Nvidia direktorlar kengashi bosh direktor Jensen Huangni lavozimidan chetlatdi. Ikki manbaga koʻra, bunga milliy xavfsizlik emas, koʻplab yolgʻonlar sabab boʻlgan.

Huang 8-noyabr kuni Xitoy razvedkasi uchun ishlaganlikda ayblangan Alice Huang bilan ishqiy munosabatda boʻlganini tan oldi. Shu kuni Nvidia direktorlar kengashi xorijiy razvedka xizmatlari bosh direktorga qiziqish bildirgani haqidagi xabarlardan soʻng mustaqil tekshiruv boshladi. Xitoy TIV Alice Huangga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.
Keyin Huangning boshqa munosabatlari, jumladan, bevosita qoʻl ostidagi xodimi bilan aloqasi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Manbalarga koʻra, u 2025-yil oktabrida Alice Huang ishlagan Singapurdagi Megaspeed kompaniyasi bilan Nvidiaʼning biznes aloqalari haqidagi xabar eʼlon qilinganidan keyin ham direktorlar kengashiga Alice Huang bilan nomaqbul munosabatlarini rad etgan.
Kengashga yaqin manbaning aytishicha, milliy xavfsizlik masalalari muhim deb hisoblangan, biroq qaror uchun hal qiluvchi omillar halollik va ishonch boʻlgan. Soʻnggi kunlarda kengash raisi Harvey Jones va boshqa aʼzolar Huangning ehtimoliy qaytishi haqidagi muhokamani ham toʻxtatishga uringan. Bunga sabab sifatida uning Nvidia korporativ qoidalarini buzgani koʻrsatilgan.






