Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Soliq qoʻmitasi Telegramʼda keshbekka oid 50 ga yaqin soxta kanalni aniqladi

Soliq qoʻmitasi kiberfiribgarlar tomonidan uning nomidan ochilgan Telegramʼdagi 50 ga yaqin guruh, kanal va botni aniqladi. Ular keshbek olish uchun cheklar sotadi va zararli ilovalarni tarqatadi.

23-noyabr, 16:43По-русски

Read in English

Rawpixel.com / Wikimedia Commons

Kiberxavfsizlik xizmati firibgarlar boshqarayotgan 50 ga yaqin xususiy va ommaviy Telegram-resursni aniqladi. Ularda cheklar sotishdan tashqari, haq evaziga ijara shartnomalarini rasmiylashtirish taklif qilinadi, shuningdek, keshbek orqali daromad topish niqobi ostida referal aksiyalar oʻtkaziladi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan xizmat Telegram texnik koʻmagiga xat yubordi. Idora foydalanuvchilarni norasmiy kanallarga kirmaslikka, u yerda joylashtirilgan havolalarni ochmaslikka va oʻsha manbalardan olingan ilovalarni oʻrnatmaslikka chaqirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media