OpenAIʼning choraklik tushumi, xabarlarga koʻra, ilk bor 10 mlrd dollardan oshdi
OpenAIʼning choraklik tushumi 10 mlrd dollardan oshdi, yillik tushum koʻrsatkichi esa 50 mlrd dollarga yetdi. Avvalgi chorakda savdo hajmi 6,7 mlrd dollar deb baholangan.

Kompaniyaning tuzatilgan operatsion marjasi uchinchi chorakda manfiy 150 foizdan manfiy 109 foizgacha qisqardi. Bu operatsion zararlar kamayganini koʻrsatadi, biroq manbada OpenAIʼning aniq moliyaviy natijalari keltirilmagan.
Tushumning oʻsishiga narx belgilashning yanada aniqlashgani, chegirmalar, modellar yaxshilangani va korporativ mijozlar uchun mahsulotlarga eʼtibor kuchaygani yordam berdi. OpenAI, shuningdek, foydalanuvchilar topshiriqlarini bajaradigan sunʼiy intellekt agentlarini rivojlantirmoqda.
Kompaniya korporativ bozor uchun Anthropic bilan raqobatlashmoqda. Avvalroq Anthropic ushbu segmentda tushum oʻsish surʼatlari boʻyicha OpenAIʼdan oʻzib ketgan edi. Biroq kompaniyalarning yillik tushum koʻrsatkichlarini taqqoslashda ehtiyot boʻlish kerak: Anthropic bulutli hamkorlar orqali amalga oshirilgan savdolarni hisobga oladi, OpenAI esa bunday savdolarning ayrimlarida faqat oʻz ulushini aks ettiradi.






