Oʻzbekistonda Xitoy avtomobil brendlarining ulushi 18 foizdan oshdi
2026-yil yanvar–oktabr oylarida Xitoy markalari Oʻzbekiston yangi avtomobillar bozorining 18,4 foizini egalladi — bu bir yil avvalgidan 6,8 foiz punktga koʻp

Oʻzbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu davrda Xitoy markalarining savdosi avtomobil bozorining umumiy qisqarishiga qaramay, 48,2 foizga oshdi. Oʻn oy davomida mamlakatda jami 318 949 ta yangi avtomobil sotildi — bu 2025-yilning shu davridagidan 6,5 foizga kam.
Chevrolet brendlar orasida birinchi oʻrinni saqlab qoldi, biroq uning ulushi kamaydi. Ikkinchi oʻrinni ADM Global, uchinchi oʻrinni esa BYD egalladi; har ikki brendning bozordagi ishtiroki oshdi. Eng koʻp yangi avtomobil Toshkent shahri, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida sotildi. Eng kam savdo Qoraqalpogʻiston va Sirdaryo viloyatlariga toʻgʻri keldi.






