Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash sakkiz yil ichida 14 baravar oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasidagi savdo hamda investitsiya aloqalariga bagʻishlangan infografikani taqdim etdi.

24-noyabr, 18:48По-русски

Read in English

gov.uz

2017–2025 yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash 14 baravar — 853,2 ming dollardan 12 mln dollargacha oshdi. 2025 yilda bu koʻrsatkich avvalgi yilga nisbatan 2,5 baravar koʻpaydi. Oʻzbekiston eksporti 5,6 mln dollarni, Iordaniyadan import esa 6,4 mln dollarni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Iordaniyaga qandolat mahsulotlari, quritilgan oʻrik, toʻqimachilik mahsulotlari, mis va undan tayyorlangan buyumlarni yetkazib beradi. Importning asosiy yoʻnalishlari qatoridan dori-darmonlar, kimyoviy mahsulotlar, uskunalar va mineral oʻgʻitlar oʻrin olgan.

2026 yil oktyabr holatiga koʻra, mamlakatda Iordaniya kapitali ishtirokidagi 18 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2025 yil avgustida tomonlar investitsiyalarni himoya qilish va Qoʻshma komissiya tuzish toʻgʻrisidagi bitimlarni ham oʻz ichiga olgan hamkorlikka oid 15 ta hujjatni imzoladi. Mumkin boʻlgan qoʻshma loyihalar farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, sanoat, geologiya va logistika sohalarini qamrab oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

2026 yil iyulidan boshlab Royal Jordanian Amman va Toshkent oʻrtasida haftasiga ikki marotaba toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni amalga oshirmoqda. Mamlakatlar turizm sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Istiqbolli yoʻnalishlar qatoridan savdoni kengaytirish, qoʻshma ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish va Oʻzbekiston mahsulotlarini Yaqin Sharq bozorlariga olib chiqish oʻrin olgan.