AQSh Vengriya MOLiga Rossiya nefti xaridi ruxsatini 2027-yil 19-martgacha uzaytirdi
AQSh Moliya vazirligining OFAC idorasi MOLga Rossiyadan «Drujba» orqali neft yetkazib berish uchun zarur bitimlar haqidagi tushuntirishlar amalini 2027-yil 19-martgacha uzaytirdi.
18-noyabr, 13:41По-русски

ria.ru
Yangi uzaytirish muddati 2026-yil 21-noyabrgacha amal qilgan avvalgi istisno tugaganidan keyin boshlanadi.
Tushuntirishlar LUKOIL yoki Litasco ishtirokidagi, amaldagi shartnomalarni bajarish yoki «Drujba» neft quvuri orqali yetkaziladigan neftni spot xarid qilish uchun zarur bitimlarga taalluqli. Ularda AQSh jismoniy yoki yuridik shaxslari hamda AQSh moliyaviy tizimi ishtirok etmasligi kerak. Bitimlar boshqa bloklangan shaxslarni qamrab olmasligi yoki ularga foyda keltirmasligi lozim.






