Oʻzbekiston va YTTB tozalash inshootlari loyihalarini koʻrib chiqdi
Oʻzbekiston va YTTB Toshkent hamda Andijon viloyatlarida tozalash inshootlarini qurish va ulardan foydalanish loyihalarini muhokama qildi.
20-noyabr, 17:08По-русски

Uchrashuvni Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Bahrom Mahmatraimov va YTTBning Oʻzbekistondagi davlat-xususiy sheriklik boʻyicha boʻlinmasi rahbari Akshay Kumar oʻtkazdi.
Tomonlar ekologik infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalar va xalqaro tajribani jalb etish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanish masalalarini koʻrib chiqdi. Ishtirokchilar muloqotni davom ettirish va tashabbuslarni amaliy amalga oshirishga oʻtish uchun keyingi qadamlarni muhokama qilishga kelishib oldi.






