Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Bozorlar

Anthropic IPO oldidan oʻz maʼlumotlar markazlariga oʻtmoqda: Seaport kompaniyani 1,64 trln dollarga baholadi

Claude sunʼiy intellekt modellarini ishlab chiquvchi Anthropic IPOga tayyorgarlik koʻrmoqda va shu bilan birga infratuzilmaga yondashuvini oʻzgartirmoqda: kompaniya hisoblash quvvatlarini ijaraga olish oʻrniga maʼlumotlar markazlarini bevosita nazoratiga olmoqda.

8-noyabr, 15:13По-русски

Read in English

Bu haqda Seaport Research Partners kompaniya boʻyicha eʼlon qilgan ilk tahliliy hisobotida maʼlum qildi, deb yozadi Investing.com.

Seaport kompaniyaga rasmiy bahoni aksiyalar joylashtirilganidan keyin beradi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Anthropic 1,5 trln dollardan 2 trln dollargacha baholanishni kutmoqda. Tahlilchilar diskontlangan pul oqimlari usuli orqali kompaniya qiymatini hisoblab, taxminan 1,64 trln dollar natijaga kelgan. Ularning fikricha, kompaniya 2028 yilgacha yuqori oʻsish surʼatlarini saqlab qolsa, kutilayotgan baho real boʻladi.

Seaport Anthropicʼning oʻsish surʼatlarini tarixiy jihatdan yuqori deb atamoqda. Yetti chorak davomida kompaniya daromadi noldan 2,2 mlrd dollargacha oshdi, 2026 yilning ikkinchi choragida esa 11,55 mlrd dollarni tashkil etdi. 2026 yilning birinchi yarmidagi daromadning deyarli yarmi — 48 foizi — bulutli hamkorlar AWS, Google Cloud va Microsoft Azure orqali amalga oshirilgan sotuvlardan kelgan.

Seaport hisob-kitoblariga koʻra, 2026 yilning uchinchi choragida Anthropicʼda bir xodimga 3,19 mln dollar daromad toʻgʻri kelgan. Bu eng yirik texnologik korporatsiyalardagidan sezilarli darajada yuqori. Kompaniyaning 40 mln mijozi bor. Ulardan 11 900 nafari yiliga 100 ming dollardan koʻproq, 250 nafari esa 10 mln dollardan koʻproq mablagʻ sarflaydi. 2025 yilda mijozlarni ushlab qolish darajasi 900 foizga yetgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media