Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Biznes

2026-yilda uy-joy qurilishiga sanʼatga qaraganda 20 barobar koʻp mablagʻ kiritildi

2026-yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekiston asosiy kapitaliga 584,2 trln soʻm investitsiya kiritildi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi. 2025-yilning yanvar–sentabr oylariga nisbatan investitsiyalar hajmi 20,1 foizga oshdi.

6-noyabr, 13:20По-русски

Read in English

Marek Minor on Unsplash

Qayta ishlash sanoati hamon mutlaq yetakchi: unga 160,8 trln soʻm yoʻnaltirildi, bu jami investitsiyalarning choragidan koʻprogʻini tashkil etadi. Ikkinchi oʻrinni 87,1 trln soʻm bilan uy-joy qurilishi egalladi. Oʻrmon va baliq xoʻjaligini ham oʻz ichiga oladigan agrar sektor hamda qurilish sohasi deyarli teng miqdorda mablagʻ oldi: mos ravishda 52,1 va 51,1 trln soʻm.

Xomashyo va infratuzilma tarmoqlariga ham yirik mablagʻlar kiritildi. Energetikaga 39 trln soʻm, foydali qazilmalarni qazib olishga 33,9 trln soʻm, transport va ombor logistikasiga 27,7 trln soʻm toʻgʻri keldi. Yana 22,6 trln soʻm savdo hamda avtomobil va mototsikllarni taʼmirlash sohasiga yoʻnaltirildi.

Ijtimoiy sohalarga ancha kam mablagʻ tushdi. Taʼlim 12,7 trln soʻm investitsiya jalb qildi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga esa 7,7 trln soʻm yoʻnaltirildi. Taʼlim sohasidagiga deyarli teng mablagʻ kommunal sohaga toʻgʻri keldi: suv taʼminoti, kanalizatsiya va chiqindilarni qayta ishlashga 12,2 trln soʻm kiritildi.

Mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish sohalariga 9,5 trln soʻm, IT va aloqaga 9,3 trln soʻm investitsiya qilindi. Roʻyxatni 6,1 trln soʻm bilan professional, ilmiy va texnik faoliyat, 5,4 trln soʻm bilan moliya va sugʻurta sohasi, shuningdek 4,5 trln soʻm bilan sanʼat va koʻngilochar faoliyat yakunlaydi. Boshqa faoliyat turlariga 42,7 trln soʻm toʻgʻri keldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media