Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Fors koʻrfazi mamlakatlarining Oʻzbekistonga investitsiyalari 25 baravardan koʻproq oshdi

Yevrosiyo taraqqiyot banki maʼlumotiga koʻra, Fors koʻrfazi mamlakatlarining Oʻzbekistondagi jamgʻarilgan investitsiyalari 2026 yil oʻrtalariga kelib 11,3 mlrd dollarga yetdi.

11-noyabr, 14:38По-русски

Read in English

Vyacheslav Argenberg / Wikimedia Commons

Oʻzbekistonning Fors koʻrfazi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2025 yilda 1,75 mlrd dollarni tashkil etdi. Mamlakat bu koʻrsatkich boʻyicha Markaziy Osiyoda Turkmanistonni ortda qoldirib, birinchi oʻringa chiqdi. Oʻzbekistonning mintaqa davlatlari bilan savdosida eksport va import nisbatan muvozanatli boʻlib qolmoqda.

Eksportning asosiy qismini qimmatbaho metallar, mineral mahsulotlar va agrosanoat majmuasi tovarlari tashkil etadi. Oʻzbekiston Fors koʻrfazi mamlakatlaridan elektronika, mashina va uskunalar, aviatsiya texnikasi, farmatsevtika hamda kimyo mahsulotlarini import qiladi.

Jamgʻarilgan investitsiyalar hajmi boʻyicha Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Turkmanistondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi, biroq investitsiyalar aynan shu yerda eng tez oʻsmoqda. Ularning katta qismi elektr energetikasiga, avvalo quyosh va shamol energetikasi loyihalariga yoʻnaltirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Mamlakatda Masdar, ACWA Power va boshqa investorlarning loyihalari faoliyat yuritmoqda yoki amalga oshirilmoqda. Ular qatoriga Zarafshon va Qoraqalpogʻistondagi shamol elektr stansiyalari, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi quyosh elektr stansiyalari, shuningdek, energiyani saqlash tizimlariga ega loyihalar kiradi. DP World Toshkent atrofida quruq port qurilishini boshladi.

Mintaqadagi Saudiya Arabistoni investitsiyalarining deyarli barchasi Oʻzbekistonga toʻgʻri keladi, asosan ACWA Power orqali. Qatar energetika loyihalarida, jumladan Nebras Power ishtirokidagi Surxondaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasi loyihasida qatnashmoqda. Ummon UzOman platformasi orqali tijoriy koʻchmas mulk, logistika va moliya sektoriga investitsiya kiritmoqda.