Pentagon General Motors va Ford bilan harbiy dronlar ishlab chiqarilishini muhokama qilmoqda
Pentagon General Motors va Ford bilan harbiy dronlarni ommaviy ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama qilmoqda. AQSh razvedka va zarba tizimlari tanqisligini bartaraf etmoqchi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. AQSh Mudofaa vazirligi uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, qurol-yarogʻ va texnikaning boshqa turlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun avtomobil sanoati quvvatlaridan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
AQSh harbiylarini General Motors va Ford kompaniyalarining yoʻlga qoʻyilgan taʼminot zanjirlari ham qiziqtirmoqda. The Wall Street Journal manbalariga koʻra, ulardan uchuvchisiz tizimlar ishlab chiqarishini kengaytirishda foydalanish rejalashtirilmoqda.
Pentagon avtomobil kompaniyalari bunday apparatlar tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Gap, jumladan, nashr suhbatdoshlarining aytishicha, zamonaviy global mojarolarda muhim ahamiyatga ega boʻlgan razvedka va zarba dronlari haqida bormoqda.






