Fargʻonada 20 dan ortiq qimmatbaho daraxt kesildi: zarar 810 mln soʻmdan oshdi
Fargʻonada «A.S.» korxonasi ruxsatsiz 26 tup Eldar qaragʻayini kesdi. Oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 810 mln 480 ming soʻm deb baholandi.
24-noyabr, 18:36По-русски

Qoidabuzarlik reyd chogʻida Fargʻona viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Ekopolitsiyasi xodimlari tomonidan aniqlandi. Daraxtlar Fargʻona shahridagi «Shodlik» mahallasi hududida kesilgan.
Oʻlchovlardan soʻng mutaxassislar oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zararni hisoblab chiqdi. Xabarda tegishli ruxsatsiz kesilgan daraxtlar 26 tup Eldar qaragʻayidan iborat ekani aniqlashtirilgan.






