Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Biznes

Apollo sunʼiy intellekt sabab xodimlar soni oʻsishini sekinlashtirmoqchi

Apollo xodimlar sonining yillik oʻsishini 12–15 foizdan 3–5 foizgacha kamaytirmoqchi, dedi hamrais Skott Klaynman. Kompaniya foyda yiliga 20 foizga oʻsishiga hamon umid qilmoqda.

17-noyabr, 17:13По-русски

Read in English

businessinsider.com

Apollo Global Management xodimlar sonini odatdagi 12–15 foiz oʻrniga yiliga 3–5 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Klaynmaning aytishicha, kompaniya foydani har yili 20 foizga oshirish maqsadiga erishish uchun avvalgidek koʻp odam yollashi shart emas.

Apollo 2025 yil dekabridagi hisobotida 6 140 nafardan ortiq xodimi borligini koʻrsatgan. Hozircha kompaniya yollashni qisqartirgani yoʻq, biroq kelgusida uni sekinlashtirmoqchi. Klaynmaning soʻzlariga koʻra, rejalar oʻzgarishining asosiy omili sunʼiy intellekt vositalari boʻlgan: ular xodimlarga bir vaqtning oʻzida bir nechta yoʻnalishda ishlash va koʻproq vazifalarni bajarish imkonini bermoqda.

Apollo sunʼiy intellektga bir necha yildan beri sarmoya kiritmoqda. Biroq Klaynmanning taʼkidlashicha, yaqin vaqtgacha kompaniya bunday vositalardan faqat «unumdorlikning kichik yaxshilanishi»ni koʻrgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, endi biznes sunʼiy intellekt qaysi vazifalarni bajara olishini va qaysi funksiyalar uchun kamroq yangi xodim kerak boʻlishini yaxshiroq tushunmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Bundan sal avval Apollo hamkori va bosh iqtisodchisi Torsten Slok hisobot eʼlon qilib, texnologiya sektoridan tashqarida sunʼiy intellekt hozircha moliyaviy samara bermaganini aytdi. Noyabr oyida Apollo bosh direktori Mark Rouen kompaniya kelgusi 24 oy davomida eskirgan dasturiy taʼminot va tizimlarni almashtirish, shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun taxminan 350 mln dollar sarflashni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Apollo ayrim yoʻnalishlarda jamoani kengaytirishda davom etayotganini bildirdi. Jumladan, kompaniya Texas shtatining Ostin shahrida yangi strategik innovatsiyalar markazini rivojlantirmoqda.