Google sayohat rejalari uchun Ask Mapsʼni Yevropaning 30 dan ortiq davlatiga kengaytirmoqda
Google Ask Mapsʼni Yevropaning 30 dan ortiq davlatida bosqichma-bosqich ishga tushirmoqda. Gemini asosidagi servis saqlangan joylar va sayohat gʻoyalari asosida marshrutlar tuzishga yordam beradi.

Google maʼlum qilishicha, Ask Maps 300 milliondan ortiq joy haqidagi maʼlumotlar va 500 milliondan ziyod foydalanuvchi sharhlaridan foydalanadi. Kengayish, jumladan, Ispaniya, Germaniya va Buyuk Britaniyani qamrab oladi.
Mart oyida ilk bor AQSh va Hindistonda taqdim etilgan funksiya soʻrov asosida sayohat rejalarini tuzish imkonini beradi. Masalan, u xaridlar uchun bir kunlik marshrut yoki sohil boʻyida sayr va kechki ovqatlanish toʻxtash joylari kiritilgan uch kunlik avtomobil sayohatini rejalashtirishi mumkin. Reja kunlar boʻyicha tuziladi, toʻxtash joylari xaritada koʻrsatiladi.
Ask Maps tirbandliklar va muassasalarning ish vaqti haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi, tayyor marshrutlarni esa ulashish yoki Google Docsʼga eksport qilish mumkin. Saqlangan roʻyxatlar boʻyicha qidiruv qurilmalarni quvvatlash shoxobchalari va jamoat tennis kortlarini ham tez topishga yordam beradi.
Alohida funksiya manikyur, uy hayvonlari uchun xizmatlar, avtomobil va uy taʼmiri boʻyicha boʻsh qabul vaqtlarini qidira oladi. U hamda mumkin boʻlgan kechikishlar va pulli yoʻl qismlari haqidagi Know Before You Go boʻlimi avval AQShda paydo boʻladi. Keyin bu imkoniyatlar Yevropa va boshqa hududlarga kengaytiriladi.






