Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 6-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD11 973.48▲ 38.11EUR13 436.64▲ 4.57RUB146.59▲ 1.01CNY1 795.53▲ 6.68KZT26.58▲ 0.18GBP16 112.71▲ 19.0606.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzi $9,4 trln gacha oshdi

Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzi 2025-yilda 5,5 foizga oshib, rekord darajadagi $9,4 trln ga yetdi. Bunday maʼlumotlar Jahon bankining International Debt Report 2026 hisobotida keltirilgan. Qarz bundan tezroq faqat 2021-yilda oʻsgan.

6-noyabr, 12:44По-русски
commons.wikimedia.org — Berlinwriter

Yangi qarzlarning eng katta qismi xususiy kreditorlar hissasiga toʻgʻri keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat tashkilotlari $251 mlrd miqdorida obligatsiyalar chiqardi — bu bir yil avvalgidan qariyb 35 foiz koʻp.

Shu bilan birga, qarz olish qimmatlashdi. Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan imtiyozli moliyalashtirish olish imkoniga ega eng kambagʻal mamlakatlar xususiy kreditorlarga yiliga oʻrtacha 8,2 foiz toʻladi. Bu 1989-yildan beri eng yuqori koʻrsatkichdir. Ularning tashqi qarzi 8,1 foizga oshib, $1,3 trln ga yetdi.

Umuman olganda, daromadi past va oʻrtacha boʻlgan mamlakatlar qarzlarni qaytarish hamda foiz toʻlovlariga $1,4 trln sarfladi. Jahon banki bahosiga koʻra, buning oqibatida ularda rivojlanish va ijtimoiy sohaga yoʻnaltirish uchun kamroq mablagʻ qolmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing