Nvidia 50 000 dan ortiq CUDA yadroli Rubin HPC GPUʼsini taqdim etdi
Nvidia ilmiy, muhandislik va tahliliy hisob-kitoblar uchun Rubin HPC GPUʼsini taqdim etdi. Chip 2028-yilda Vera Rubin platformasiga kiradi.

Nvidia oʻyinlar yoki sunʼiy intellekt vazifalari uchun emas, umumiy maqsadli yuqori unumdor hisoblashlarga moʻljallangan yangi Rubin HPC GPUʼsini taqdim etdi. Kompaniya uning qoʻllanishini ilmiy, muhandislik va tahliliy ish jarayonlarida modellashtirish hamda maʼlumotlarni qayta ishlash bilan bogʻlaydi.
Protsessorda 50 000 dan ortiq CUDA yadrosi bor, biroq Nvidia aniq sonni oshkor qilmadi. Shu koʻrsatkich boʻyicha Rubin HPC kompaniyaning eng yirik GPUʼsiga aylanadi. Chip, shuningdek, NVLinkʼning yettinchi avlodini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻladi — bu Rubinʼning amaldagi arxitekturasida ishlatilayotgan NVLink 6 ga qaraganda yangiroq oʻzaro ulanish versiyasidir. GPU Vera Rubin platformasi tarkibida faqat 2028-yilda mavjud boʻladi.






