Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

«Real» maoshlar va transferlarga tarixdagi istalgan klubdan koʻproq sarflaydi

2026/27-yilgi mavsumda Madridning «Real» klubi sport xarajatlariga rekord darajadagi 707 mln yevro ajratadi. Bu haqda Ispaniyaning 2Playbook nashri xabar bermoqda.

9-noyabr, 16:37По-русски

Read in English

sports.ru

Bu summaga futbolchilarning maoshlari va transferlar amortizatsiyasi kiradi. «PSJ» ham taxminan shuncha mablagʻ sarflaydi, biroq hozirgacha biror klub bir mavsum uchun sport yoʻnalishiga bundan koʻproq mablagʻ rejalashtirmagan. «Real»ning oʻzi uchun ham bu rekord hisoblanadi.

Bu mablagʻlarning barchasi erkaklar futbol jamoasiga sarflanmaydi. Basketbol klubiga qariyb 40 mln yevro, ayollar futboliga esa yana 8,5 mln yevro ajratilgan. Shunday qilib, asosiy jamoa uchun taxminan 658 mln yevro qoladi.

Klub daromadlari ham rekord darajaga yetishi kutilmoqda: prognozlarga koʻra, mavsum 1,405 mlrd yevro daromad keltiradi. Maoshlar va transferlarga sarflanadigan xarajatlar asosiy faoliyatdan tushadigan tushumning 57 foizini va umumiy daromadning yarmini tashkil etadi. Bu UEFAning moliyaviy meʼyorlariga mos keladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Shu bilan birga, hisob-kitoblarga koʻra, sof foyda deyarli ikki baravar kamayadi: oʻtgan mavsumdagi 26,3 mln yevrodan 14,2 mln yevrogacha.

«Real»ning qarzi bir yil ichida 3 foizga kamaydi va hozir 1,4 mlrd yevroni tashkil etmoqda. Bu summaning katta qismi «Santyago Bernabeu» stadionini rekonstruksiya qilishga toʻgʻri keladi.