AI uskunalari startapi Nominal bahosini 8 oyda 3 baravar oshirib, $3 mlrdga yetkazdi
Nominal $3 mlrd bahoda Series C raundida $240 mln jalb qildi. Raundga Lightspeed Venture Partners boshchilik qildi, Insight Partners esa hamtashkilotchi boʻldi.

Kompaniya $3 mlrd bahoda $240 mlnlik Series C raundi oʻtkazilganini maʼlum qildi. Bu Nominalning startap mart oyida xabar bergan raunddan keyingi bahosidan uch baravar yuqori: oʻshanda kompaniya $1 mlrd bahoda $155 mln jalb qilgandi.
Ostindan boʻlgan Nominal samolyotlar, yadroviy reaktorlar va «aqlli» zavodlarni oʻz ichiga olgan murakkab uskunalarni loyihalash hamda sinovdan oʻtkazish uchun AI asosidagi platforma ishlab chiqadi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, uning mijozlari qatorida 80 ta tijorat va davlat tashkiloti bor. Ular orasida asoschilaridan biri Trey Stivens boʻlgan mudofaa kompaniyasi Anduril ham bor.
Oktyabr oyida AQSh Havo kuchlari Nominalni $71,2 mlnlik Strategic Funding Increase (STRATFI) dasturida ishtirok etish uchun tanladi. Dastur shartlariga koʻra, AQSh Havo kuchlaridan tashqaridagi tashkilotlar ham uni birgalikda moliyalashtiradi.
Kompaniya bosh direktori va asoschilaridan biri Kameron Makkord AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq suvosti kemasi ofitseri va Andurilning sobiq xodimi. Nominalning boshqa investorlari qatorida Sequoia, General Catalyst va Lux Capital bor.






