Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Texnologiyalar

Anthropic IPOʻsi Amazon va Google ulushlarini yuzlab milliard dollarga baholadi

Anthropicʼning fond birjasiga chiqishi uning asoschilari va investorlariga tegishli paketlarning baholangan qiymatini keskin oshirdi. Business Insider joylashtirish narxi asosida hisob-kitob qilib, Amazon ulushini qariyb $225 mlrd, Google ulushini taxminan $200 mlrd, yetti nafar hammuassisning har biriga tegishli paketni esa qariyb $20 mlrd deb baholadi.

20-noyabr, 12:57По-русски

Read in English

businessinsider.com

Anthropic aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish narxini $83 etib belgiladi — bu dastlabki $70–78 diapazonidan yuqori. Shu narxda Claude ishlab chiquvchisining aksiyadorlik kapitali taxminan $1,5 trln deb baholandi.

Nasdaqʼdagi savdolar 19 noyabr kuni bir aksiya uchun $111,50 narxda boshlandi va $97,17 koʻrsatkichida yakunlandi — bu IPO narxidan qariyb 17% yuqori. Biroq Business Insider keltirgan yirik aksiyadorlar paketlari qiymati aynan $83 lik joylashtirish narxi asosida hisoblangan.

Asosiy foyda oluvchilardan biri Amazon boʻldi: kompaniya 2023 yilda Anthropicʼka sarmoya kirita boshlagan va unga hisoblash quvvatlarini taqdim etadi. Nashr keltirgan hujjatlarga koʻra, Amazon Anthropic aksiyalarining qariyb 15 foiziga egalik qiladi. Bu paketning qiymati taxminan $225 mlrd.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Amazon sarmoyalarining katta qismini konvertatsiya qilinadigan qarz vositalari orqali rasmiylashtirgan. Ularni aksiyalarga aylantirish ulushni 23,8 foizgacha oshirishi mumkin edi, biroq kompaniya egalik hajmiga nisbatan amaldagi cheklovni saqlab qoldi. Shu sababli bu ehtimoliy koʻrsatkichni Amazonning amaldagi ulushi deb hisoblab boʻlmaydi.

Google Anthropic aksiyalarining qariyb 13,7 foiziga egalik qiladi. Business Insider IPO narxi asosida bu paketni taxminan $200 mlrd deb baholaydi. Kompaniya IPO bilan birga oʻtkazilayotgan xususiy joylashtirishda ham ishtirok etmoqda.

Anthropicʼning yetti nafar hammuassisi joylashtirish jarayonida aksiyalarining bir qismini sotganidan keyin jami qariyb 1,67 mlrd dona aksiyani saqlab qoldi. Ular Dario Amodei, Daniela Amodei, Tom Braun, Sam McCandlish, Kristofer Olah, Jared Kaplan va Jack Clarkdir. Nashr bahosiga koʻra, ularning har biriga tegishli paket qiymati taxminan $20 mlrd.

Bu boylikning asosiy qismi aksiyalarda qolmoqda. Aksiyalarni sotishga vaqtinchalik cheklovlar amal qiladi, shuningdek, har bir asoschi avvalroq oʻziga tegishli Anthropic ulushining 80 foizini xayriya ishlariga yoʻnaltirish majburiyatini olgan.

Vençur investorlar orasida Business Insider Lightspeed Venture Partnersʼni alohida qayd etadi. Nashr manbasiga koʻra, fond qariyb $3,5 mlrd sarmoya kiritgan va kompaniyaning 2 foizidan sal kamrogʻiga egalik qiladi. Joylashtirish narxida uning paketi qariyb $30 mlrd deb baholanadi.

Business Insider suhbatdoshlarining maʼlumotlariga koʻra, Menlo Ventures $1,3 mlrddan ortiq sarmoya kiritib, aksiyalarning 1,5 foizidan 2 foizigacha boʻlgan ulushini olgan. Taxminan shunday ulush $6 mlrd atrofida sarmoya kiritgan Iconiqʼga tegishli. Singapur davlat investitsiya fondi GIC qariyb $4,5 mlrd sarmoya kiritgan; deyarli 1 foiz hajmidagi uning paketi qiymati taxminan $15 mlrd deb baholanadi.

Boshqa yirik investorlar qatorida Coatue, Sound Ventures va Bessemer ham tilga olingan. Bessemerʼga qariyb 70 mln dona aksiya tegishli boʻlib, ularning qiymati $83 narxda taxminan $5,8 mlrdni tashkil etadi. Guy Oseary va Ashton Kutcher asos solgan Sound Ventures paketi esa nashr tomonidan $7 mlrddan ortiq deb baholangan.

Anthropic IPO bilan birga oʻtkazilayotgan xususiy joylashtirish orqali yangi strategik aksiyadorlarga ham ega boʻldi. Unda Google, Nvidia, AMD, Broadcom, Micron, Microsoft va TSMC ishtirok etmoqda. Bu kompaniyalar eʼlon qilgan sarmoyalarning jami hajmi $26 mlrdni tashkil etadi.

Keltirilgan summalar paketlarning baholangan qiymatini ifodalaydi. Ular investorlar olgan foydaga teng emas: foydani aniqlash uchun dastlabki sarmoyalar, amalda amalga oshirilgan savdolar, cheklovlar va kotirovkalarning keyinchalik oʻzgarishini hisobga olish kerak.