Eli Lilly aksiyalari ketma-ket besh yil davomida bozorni ortda qoldirdi
Mounjaro va Zepbound preparatlarini ishlab chiqaruvchi farmatsevtika giganti Eli Lilly aksiyalari S&P 500 indeksidan ketma-ket besh yil davomida tezroq oʻsdi — 2021-yil noyabridan 2026-yil noyabrigacha.

2021–2022-yillarda aksiyalar narxi 38,6 foizga oshgan boʻlsa, shu davrda bozor 20 foizga pasaydi. Soʻnggi bir yil ichida aksiyalar 38,1 foizga oʻsdi, indeks esa 9 foizga koʻtarildi.
Indeksdagi 488 ta kompaniyadan bunday natijani faqat sakkiztasi takrorladi. Biroq Trefis tahlilchilari hisob-kitobiga koʻra, «gʻoliblar» har yili tasodifiy tanlanganida, taxminan yettita kompaniya besh yillik ketma-ket natijaga erishgan boʻlardi. Shu bois aksiyalar narxining oʻzi kompaniyaning alohida ustunligini isbotlamaydi.
Foydaga qarash ishonchliroq. Foyda ushbu besh yillik davrning toʻrt yilida oʻsdi va butun davr mobaynida 361,8 foizga oshdi, aksiyalar esa 440,2 foizga qimmatlashdi. 2026-yilning III choragida tushum 38,6 foizga koʻpaydi va kompaniya yil boʻyicha prognozini oshirdi, garchi daromadlarning bir qismi bir martalik boʻlgan boʻlsa-da.
Lilly navbatdagi hisobotini 2027-yil fevralida eʼlon qiladi.






