Fargʻonaning investitsion jozibadorligi xorijiy investorlarni qiziqtirdi
Fargʻona viloyatida xorijiy kompaniya vakili hududning investitsiya imkoniyatlariga qiziqish bildirdi. Tomonlar aniq loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishdi.
19-noyabr, 13:02По-русски

gov.uz
Uchrashuvda kompaniyaning energetika, oziq-ovqat sanoati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyati, shuningdek, hududdagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Viloyat hokimi xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, Fargʻonaning sanoat va iqtisodiy salohiyati hamda investitsiya tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash choralari haqida soʻzlab berdi. Kompaniya vakili oʻzaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.






