Sanofi kapitalizatsiyasi $26 mlrddan oshgan Insmedni sotib olishni koʻrib chiqmoqda
Sanofi Insmedni sotib olish imkoniyatini maslahatchilari bilan muhokama qilmoqda, biroq bitim kafolatlanmagan. AQSh kompaniyasiga boshqa xaridorlar ham daʼvogarlik qilishi mumkin.

19 noyabrda Fransiyaning farmatsevtika kompaniyasi Sanofi AQShning Insmed kompaniyasini sotib olish imkoniyatini maslahatchilari bilan muhokama qildi, deya xabar berdi vaziyatdan xabardor manbalar. Insmed kam uchraydigan kasalliklarni davolashga moʻljallangan dori vositalarini ishlab chiqadi va bozorga olib chiqadi, uning kapitalizatsiyasi $26 mlrddan oshadi.
Agar tuzilsa, bitim soʻnggi yillardagi farmatsevtika sohasidagi eng yirik kelishuvga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, manbalar boshqa daʼvogarlar ham paydo boʻlishi mumkinligini istisno qilmayapti, muzokaralar yakunlanishiga esa kafolat yoʻq.
Soʻnggi bir yilda Insmed aksiyalari taxminan 40% arzonlashdi, biroq payshanba kuni Nasdaq savdolarida 17% ga sakradi. Kapitalizatsiyasi 103,5 mlrd yevroni tashkil etadigan Sanofi aksiyalari 3,1% ga pasaydi.






