Turkiya agrotexnologiyalarini qishloq xoʻjaligiga joriy etish taklif qilindi
Fargʻona viloyatida Turkiya agrotexnologiyalarini joriy etish boʻyicha qoʻshma loyiha taklif qilindi. Tomonlar memorandum imzolab, loyihani oʻrganish va pilot sinovlar oʻtkazishga kelishdi.

Uchrashuvda agrotexnologiyalar, tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish, shuningdek, ekologik xavfsiz mahsulot yetishtirish sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.
Murat Balliktash Fargʻona viloyatida qoʻshma investitsiya loyihasini ishga tushirishni taklif qildi. Viloyat hokimi tashabbusni qoʻllab-quvvatlab, zamonaviy texnologiyalar suv va yer resurslaridan samaraliroq foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tannarxini kamaytirish hamda hosildorlikni oshirishga yordam berishini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash va loyiha har tomonlama oʻrganilib, dastlabki pilot sinovlar oʻtkazilgach, uni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldi. Ishtirokchilar hamkorlik memorandumini imzoladi.






