CD Projekt Red The Witcher 4 uchun marketing hamkorini topib, uni GTA VI bilan qiyosladi
CD Projekt Red Sony Interactive Entertainment bilan PlayStationʼdagi oʻyinlar va The Witcher 4’ga marketing koʻmagi boʻyicha kelishuvlar tuzdi. Studiya texnologik sakrashni kutmoqda.

Uchinchi chorakda CD Projekt Red daromadi 2025-yilga nisbatan 31 foizga kamaydi. Bunga asosan Cyberpunk 2077 savdosining pasayishi sabab boʻldi. Sony Interactive Entertainment bilan yangi kelishuvlar Polsha studiyasi oʻyinlarining PlayStation konsollarida va PS Plus obunasida mavjud boʻlishini, shuningdek, Sony The Witcher 4 reklama kampaniyasiga yordam berishini nazarda tutadi.
CD Projekt Red kompaniyasining hamrahbari Mixal Novakovskiy investorlarga jamoa The Witcher 3 va The Witcher 4 oʻrtasida GTA V va GTA VI orasidagi farq bilan qiyoslanadigan texnologik sakrashni kutayotganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, 11 yil davomida studiya yangi oʻyinni barcha jihatlarda ancha chiroyliroq va yaxshiroq qilishga intilmoqda.
The Witcher 4 CD Projekt Red uchun asosiy ustuvor loyiha boʻlib qolmoqda. Oʻyin 2028-yilda PC, PS5, Xbox Series X va S platformalarida chiqadi. Loyiha yangi trilogiyaning boshlanishi hamda studiya tarixidagi eng yirik va eng ambitsiyali loyiha sifatida taqdim etilmoqda.






