ULA Vulcan raketasidagi nosozlik Amazon Leoning 40 yoʻldoshini orbitaga olib chiqishni barbod qildi
ULA Vulcan raketasi uchirilganidan 10 daqiqa oʻtib avariyaga uchradi va 40 yoʻldoshli Amazon Leo missiyasini orbitaga olib chiqa olmadi.

ULA Vulcan raketasi 40 yoʻldoshli Amazon Leo missiyasini orbitaga olib chiqa olmadi: United Launch Alliance uchirilganidan 10 daqiqa oʻtib anomaliya yuz berganini maʼlum qildi. Nosozlik sababi hozircha aniqlanmagan, kompaniyada hodisa yuzasida aniq maʼlumotlar hali yoʻq.
ULA buyurtmachi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda avariya tafsilotlarini oʻrganish, tuzatish choralarini belgilash va parvozlarni imkon qadar tezroq qayta boshlash niyatida. Buyurtmachilarga tergov jarayonidan foydalanish imkoniyati berilishi vaʼda qilingan.
Bu United Launch Alliance 2006 yilda tuzilganidan beri muvaffaqiyatsiz yakunlangan ilk uchirish boʻldi. Vulcan uchirilishidan oldin yonilgʻi quyishdagi muammo sabab parvoz vaqti koʻchirilgan, keyin esa nazoratchilar nomaʼlum texnik nosozlik tufayli uchirishga 20 soniya qolganida ortga sanashni toʻxtatgan edi. Keyin raketa uchirildi.
Amazon Leo guruhi yoʻldoshlarini orbitaga olib chiqish uchun 38 ta Vulcan uchirilishini bron qilgan, bundan oldin esa sakkizta missiyani Atlas V amalga oshirgan. Avariya navbatdagi uchirishlar kechikishiga olib kelishi mumkin, biroq ularning muddatlari aniqlashtirilmagan.
AQSh Federal aloqa komissiyasi 2026 yil 31 iyuliga qadar orbitada Amazon Leoning 1 600 ta yoʻldoshi boʻlishini talab qilgan. Hozir tizimda taxminan 390 ta apparat ishlamoqda.






