Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Biznes

«Umr boʻyi davom etadigan» kruizning qariyb 200 yoʻlovchisi Kambodjada qolib ketdi

Villa Vie Residences operatori yoqilgʻi xarajatlarining keskin oshgani va mablagʻ yetishmasligini sabab qilib, faoliyatini toʻxtatib turdi.

28-oktabr, 17:16По-русски

Read in English

Alonso Reyes, Unsplash

Ayrim Osiyo hududlarida bitta kayutaga toʻgʻri keladigan oylik yoqilgʻi xarajatlari 1 800 dollardan 6 000–8 000 dollargacha oshdi.

Keyingi 60 kun davomida operator qayta tuzish va qoʻshimcha kapital kiritish bilan shugʻullanadi. Shu bilan birga, u rezidentlar, ekipaj va xodimlarning kemadan tushirilishi hamda vaqtincha joylashtirilishini muvofiqlashtiradi. Kompaniya bu ishlar natijasini hozircha oldindan aytib boʻlmasligini bildirdi.

Preah Sihanuk provinsiyasi gubernatorining oʻrinbosari Long Dimanchning aytishicha, Sianukvildagi rejalashtirilgan toʻxtash vaqtida yoʻlovchilarga kemadan tushish uchun qariyb yetti soat berilgan. Kema Tailanddan kelgan va yoʻlini Vetnamga davom ettirishi kerak edi; yoʻlovchilarning bir qismi samolyotda uchib ketdi, qolganlari esa shaharda qoldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media