Sud Huaweiʼni tijoriy sirlarni oʻgʻirlashda aybdor deb topdi
Bruklindagi federal hayʼat 24-noyabr kuni Huaweiʼga nisbatan tijoriy sirlarni oʻzlashtirish maqsadidagi til biriktirish hamda bank firibgarligi ishi boʻyicha ayblov hukmini chiqardi. Shuningdek, kompaniyaning uchta shoʻba str

Shuningdek, kompaniyaning uchta shoʻba tuzilmasi ham aybdor deb topildi. Sud jarayoni 12 hafta davom etdi.
Ish Cisco va T-Mobile texnologiyalariga taalluqli edi. Prokuratura versiyasiga koʻra, Huawei Cisco routerlarining dastlabki kodidan foydalangan va sensorli ekranlarni sinovdan oʻtkazgan T-Mobile robotiga oid maxfiy maʼlumotlarni olgan.
Adolatga toʻsqinlik qilishga urinish ayblovi boʻyicha kompaniya oqlandi. Huawei advokati Brayan Heberlig himoya tomoni ayblov hukmlari ustidan shikoyat qilmoqchi ekanini bildirdi. Jarima va boshqa undirishlar miqdorini sud hukm chiqarish chogʻida belgilaydi.






