OpenAI Sonder asoschisi yaratgan sayyohlik startapi Odessiaʼni sotib olmoqda
Xizmat ishga tushirilganiga qariyb besh oy boʻlgan, biroq hozir undan foydalanib boʻlmaydi. Devidson OpenAIʼga qoʻshilganini va sunʼiy intellektga asoslangan sayyohlik xizmatlarining kelajagi ustida ishlashini maʼlum qildi.

OpenAI bitimni eʼlon qilmagan va uni tasdiqlamagan. Kompaniya yangi sayyohlik mahsulotlari yoki rejalari haqida ham maʼlumot bermagan, garchi uning mijozlari va hamkorlari orasida Bookings.com, Expedia va KAYAK boʻlsa-da. Eʼlon tavsifiga koʻra, bitim, avvalo, asoschi va uning jamoasini jalb qilish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Devidson sayyohlik sohasida Sonder asoschisi sifatida tanilgan. U kompaniyaga 2014 yilda asos solgan: xizmat yirik shaharlardagi jihozlangan kvartiralarni ijaraga berar va oʻzini qimmatroq segment uchun Airbnbʼning muqobili sifatida taqdim etardi. Sonder «yakkashox» kompaniyaga aylandi va $143 mln daromadga erishdi, biroq Marriott bilan hamkorlik barbod boʻlganidan keyin bankrot boʻldi va faoliyatini toʻxtatdi. 2026 yilda uning nomi, savdo belgilari va domenini TravelAI sotib oldi.






