Oʻzbekistonda 357,9 mingta faol yakka tartibdagi tadbirkor bor
Ularning eng koʻpi Toshkent shahri, Fargʻona va Samarqand viloyatlarida

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-oktabr holatiga mamlakatda 357 883 nafar faol yakka tartibdagi tadbirkor bor edi.
Toshkent shahrida 56 858 ta yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtgan. Keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati — 36 981 nafar va Samarqand viloyati — 36 037 nafar tadbirkor bilan qayd etilgan. Toshkent viloyatida 34 719 ta, Andijon viloyatida esa 30 569 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyatida 25 817 nafar, Namangan viloyatida 25 105 nafar yakka tartibdagi tadbirkor bor edi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 21 631 ta, Buxoro viloyatida 21 214 ta, Surxondaryo viloyatida 19 130 ta, Xorazm viloyatida esa 17 131 ta yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatga olingan.
Jizzax viloyatida bu koʻrsatkich 13 499 tani, Sirdaryo viloyatida 9 864 tani, Navoiy viloyatida esa 9 328 tani tashkil etdi. Shunday qilib, faol yakka tartibdagi tadbirkorlar eng koʻp Toshkent shahrida, eng kam esa Navoiy viloyatida boʻlgan.






